Foto: Global Look Press
Puerto-Riko orolining maqomi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda aholining ko‘pchiligi AQSHga 51-shtat sifatida qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda mahalliy Nuevo Dia gazetasi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, ovozlarning 91,35 foizi sanalgandan so‘ng, ovoz berganlarning 56,82 foizi Amerikaga qo‘shilishni, 30,85 foizi orol mustaqilligini, 12,33 foizi esa kengaytirilgan muxtor boshqaruvni qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi.
1898 yildan beri erkin assotsiatsiyalangan davlat bo‘lib kelayotgan Puerto-Riko AQSH boshqaruvi ostida, aholisining aksariyat qismi Amerika fuqaroligiga ega. Shunga qaramay, puerto-rikoliklar prezident saylovlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.
AQSH orolning maqomi bo‘yicha referendum natijalarini inobatga olishga majbur emas. Orolning AQSH tarkibiga kirishi masalasini kongress hal qiladi.
Avval ham Puerto-Rikoda orolning maqomi masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan. 2012 yil noyabrda o‘tkazilgan referendumda 65 foiz aholi AQSH tarkibiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, AQSH kongressi bu qarorni ma’qullamagan. Ushbu masala bo‘yicha 2017 yilgi referendumda ovoz beruvchilarning 97 foizi, 2020 yilda o‘tkazilgan referendumda esa 52 foizi orolning AQSHga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi