Foto: “RIA Novosti”
Rus OAV xabar berishicha, Rossiya harbiylari Kupyansk yo‘nalishida ilgarilab, Ukraina armiyasining dastlabki tayanch nuqtasini egallab olgan.
Birinchi bo‘linmalar 13 noyabr kuni kechqurun aholi maskanining sharqiy qismiga kirib borgan. Gap Oskol ko‘lining chap qirg‘og‘ida joylashgan Zaoskole tumani haqida bormoqda.
Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, ruslarning Kupyanskning chap qirg‘og‘ini to‘liq nazorat qilayotgani haqida gapirishga hali erta.
“Jangchilar o‘z pozitsiyalarida mustahkam o‘rnashib, logistikani yo‘lga qo‘yishi kerak”, deyiladi Lenta saytidagi xabarda.
Nega Kupyansk?
Lenta sayti suhbatlashgan harbiy ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Kupyansk Ukraina armiyasi uchun eng muhim logistika markazlaridan biri bo‘lib, strategik ahamiyatga ega.
“Ma’lumki, 2022 yilda biz Kupyanskda edik, lekin o‘sha yilning kuzida ketishga majbur bo‘ldik. Endi biz oldinga sezilarli darajada siljidik. Dushman qurshovga tushib qolishi mumkin. Bu Xarkov yo‘nalishi bo‘yicha oldinga siljish”, deydi ekspert.
Qarshi tomon nima deydi?
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi matbuot kotibi kapitan Andrey Kovalyovning mahalliy matbuotga aytishicha, Rossiya kuchlari Kupyansk mudofaasini buzib o‘ta olmagan. Shahar Ukraina gornizoni nazoratida qolmoqda.
Foto: “Lenta.ru”
“Bu sektorda rus armiyasining barcha hujumlari muvaffaqiyatli qaytarildi. Rossiyaliklar Kupyanskka kira olmadi. Shahar Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolmoqda”, dedi u.
Kovalyovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya kuchlari 13 noyabr kuni 15 ga yaqin harbiy texnika, jumladan, tanklar, piyoda jangovar mashinalar va mina tozalash mashinasi bilan hujumga o‘tgan. Biroq Ukraina mudofaachilari ularni muvaffaqiyatli qaytargan.
“Muvaffaqiyatsiz hujumlar uyushtirib, shaxsiy tarkibni yo‘qotgan rus kuchlari boshqa oldinga o‘tishga urinmadi”, dedi Kovalyov.
Avvalroq DeepState tahliliy loyihasi Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Ilinka shahrini egallab olgani, Kupyanskning esa bir qismi ustidan nazoratni qo‘lga kiritgani haqida yozgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
AQSH dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi