Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi

1 daqiqa o'qish130
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
Foto: Forbes.ru
Nyu-Yorkdagi Christie's auksionida belgiyalik syurrealist rassom Rene Magrittning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 million dollarga sotildi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Qayd etilishicha, bu Magritt kartinalarining auksiondagi nafaqat rekord narxi, balki joriy yilda kimoshdi savdolari orqali 100 million dollarda qimmatga sotilgan birinchi kartina hamdir. Christie's auksioniga qadar kartina 95 million dollarga baholagan. Magritt ijodining yangi egasi o‘zining anonim qolishini istab, savdolarda telefon orqali ishtirok etgan.

Polotno 1954 yilda chizilgan bo‘lib, rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumidan o‘rin olgan. Magritt ushbu turkum doirasida 1940 yildan 1960 yilga qadar ochiq osmon ostidagi tungi peyzajning paradoksal tasvirini ifodalovchi 27 ta kartinani yaratgan. Sotuvga qo‘yilgan kartina 2023 yil dekabrda vafot etgan interer dizayneri va san’at asarlari kolleksioneri Miki Ertegyunga tegishli bo‘lgan.

«Syurrealizm timsoli bo‘lgan Magrittning Ertegyunga tegishli bo‘lgan ishi, ehtimol, butun seriyadagi eng yaxshi, eng mohirlik bilan chizilgan va hayratlanarli darajada go‘zal asaridir», — deydi Christie's kimoshdi uyining vitse-raisi Maks Karter.

Christie's savdolarga qadar kartinani sotishdan mablag‘larning «katta qismi» xayriya maqsadlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilgandi. Magrittning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi bundan oldingi kartinasi 2022 yilda Londondagi Sotheby's auksioni orqali 79,7 million dollarga sotilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?