Foto: BBC
Birlashgan Arab Amirliklari maxsus xizmati va xavfsizlik organlari 21 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadini topdi. Bu haqda Isroil hukumati xabar berdi.
"Zvi Koganning o‘ldirilishi jinoiy antisemitik terrorchilik harakatidir. Isroil davlati uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilarni, albatta, javobgarlikka tortadi va buning uchun barcha yo‘llar bilan harakat qiladi", deya ta’kidlangan Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Abu Dabidagi Isroil elchixonasi Kogan oilasi bilan aloqada. Marhum Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lib, yahudiylarning “Xobod” diniy harakatida faoliyat yuritgan va uning Abu Dabidagi vakili bo‘lgan. Shuningdek, u yahudiy jamoasining bosh ravvini yordamchisi va Dubaydagi “Rimon” kosher supermarketining rahbari edi.
Zvi Kogan 21 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan. Uning o‘ldirilgani, qotillar esa Turkiyaga qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgan. Isroilning Walla yangiliklar portali Isroil hukumati ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga ega ekani haqida yozdi.
Koganning rafiqasi AQSH fuqarosi bo‘lib, u bilan BAAda yashagan. U 2008 yilda Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan hujumda o‘ldirilgan ravvin Gavriel Xolsbergning jiyani hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari