23:12 / 02.12.2024
4

Bayden o‘g‘lini afv etgani uchun tanqidga uchradi: “U oilasini o‘z mamlakatidan ustun qo‘ydi”

Bayden o‘g‘lini afv etgani uchun tanqidga uchradi: “U oilasini o‘z mamlakatidan ustun qo‘ydi”
Foto: Bild
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning o‘z o‘g‘lini afv etish haqidagi qarori bir qator amerikalik siyosatchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Bayden “Hech kim qonundan ustun emas, hatto prezident ham” deya asosiy raqibi Donald Trampni tanqid qilgan edi. Biroq hozirda uning o‘zi ham xuddi shu so‘zlar bilan tanqid qilinmoqda.

Respublikachi senator Chak Grassli Baydenning harakatlaridan hayratda qolganini yozgan. “U o‘g‘lini afv etmasligini bir necha bor aytgandi va men unga ishonardim. Bu mening xatom”, deb yozadi u.

Tanqidga Baydenning AQSH Demokratik partiyasidan ham partiyadoshlari ham qo‘shildi.

Ota sifatida men o‘g‘limga yordam berish istagini tushunaman. Ammo men uning oilasini o‘z mamlakatidan ustun qo‘yganidan xafaman”, deya ta’kidlagan Kolorado gubernatori Jared Polis.

Kuzatuvchilar orasida Baydenning qarori jinoiy ishlarning ta’sirchan ro‘yxatiga ega bo‘lgan o‘rindoshi Donald Tramp uchun holat yaratadi degan xavotirlar kuchaymoqda.

AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning o‘zi Baydenning qarorini “sud tizimini suiiste’mol qilish” deb atagan.

Avvalroq Oq uy bayonotida Bayden qurol-yarog‘ savdosi va soliq qonunbuzarliklari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun hukm qilingan o‘g‘li Hanter Baydenni afv etgani haqida xabar berilgan edi.

Men o‘g‘lim Hanterni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Lavozimni egallaganimdan beri Adliya vazirligining qarorlariga aralashmasligimni aytgan edim va o‘g‘limning adolatsiz ravishda sud tartibida ta’qib qilinayotganini kuzatganimda ham so‘zimda turdim”, deyiladi bayonotda.

Prezident Bayden o‘g‘lining ta’qib qilinishi aynan ularning qarindoshlik aloqalari va davlat rahbarining siyosiy raqiblari bosimi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Uning fikricha, sud jarayoni qo‘pol siyosat ta’siriga uchragan va shu sababli sud xatosiga yo‘l qo‘yilgan.

Umid qilamanki, amerikaliklar ota va prezident sifatida bunday qarorga kelganimning sababini tushunishadi”, dedi Jo Bayden.
AQSH prezidenti o‘g‘li nimalarda ayblangan?

Afv etish Hanter Baydenning o‘z jinoyatlari uchun sudlanmasligini anglatadi va bu uning qamoqqa tushish ehtimolini butunlay istisno qiladi. Iyun oyida Hanter Bayden uzoq davom etgan sud jarayonidan so‘ng noqonuniy qurol sotib olish va saqlashda aybdor deb topdi.

U sentyabr oyida to‘qqizta soliq qonunbuzarligida o‘zini aybdor deb tan oldi. Bu qonunbuzarliklar 1,4 million dollar miqdoridagi to‘lanmagan soliqlar bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden o‘g‘lini afv etgani uchun tanqidga uchradi: “U oilasini o‘z mamlakatidan ustun qo‘ydi”