13:23 / 04.12.2024
10

Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi

Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
Foto: REUTERS/Sharafat Ali
Uber endi Hindistonda suv taksisi xizmatini taklif etmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi. Transport vositasi sifatida mahalliy shikara qayiqlari tanlangan. Ular Kashmir mintaqasidagi Dal ko‘li bo‘ylab harakatlanadi.

Xizmat Dal Lake Shi deb ataladi. Qayiqni rejalashtirilgan sayohatdan kamida 12 soat oldin Uber ilovasi orqali band qilish mumkin. Hozirgi kunda ko‘l bo‘ylab 4000 ga yaqin shikara qatnamoqda.

Barcha qayiqlar sayyohlarga mo‘ljallangan. Uber bu g‘oyani zamonaviy texnologiyalar bilan mahalliy an’analarning uyg‘unlashuvi sifatida taqdim etmoqda. Safar uchun to‘lovlar bevosita shikara egalariga borib tushadi — Uber hech qanday komissiya olmaydi.

Qayiq egalari bu tashabbusga turlicha munosabat bildirdi. Ayrimlari Uber bilan hamkorlik qilish narx-navo ustida tortishuvlar va firibgarlikning oldini olishga yordam berishi mumkinligini aytsa, boshqalari bu hech narsani o‘zgartirmasligini ta’kidlamoqda.

Uber birinchi marta avtomobillarga muqobil variant taklif qilayotgani yo‘q. 2019 yilda kompaniya vertolyot-taksi xizmatini ishga tushirgandi. 2024 yilning yozida Uber butun Yevropa bo‘ylab qayiq va kemalarni band qilish imkoniyatini taqdim etdi. Bundan tashqari, ba’zi mamlakatlarda xizmat orqali skuterlarni ijaraga olish va aviachiptalarni bron qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning ixcham samolyotlar ishlab chiqaruvchi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigacha Nyu York va Los Anjelesda “havo taksisi”ni ishga tushirishni rejalashtiryapti.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida bo‘ladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinchalik bu Uber XL tarifi narxlariga tushishi mumkin – 50-100 dollar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi