Foto: The Guardian
Damashq Suriya qo‘zg‘olonchilari tomonidan egallangandan so‘ng hokimiyatni yo‘qotgan va Rossiyaga qochgan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Rossiya poytaxtining elitalar yashaydigan Moskva siti hududiga joylashgan bo‘lishi mumkin. Aniqlanishicha, bu yerda uning qarindoshlari ko‘chmas mulkka egalik qiladi.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Asadning qarindoshlari 2013 yildan 2019 yilgacha Moskva citida umumiy qiymati kamida 30 million dollar bo‘lgan 20 dan ortiq hashamatli kvartiralarni xarid qilgan. Hujjatlarga ko‘ra, 13 ta obyektga Asadning amakivachchasi Hofiz Mahluf yoki uning nazoratidagi kompaniyalar egalik qiladi. Yana ikkita kvartirani boshqa amakivachchasi Rami Mahlufning rafiqasi sotib olgan.
To‘rtta kvartira Asadning amakivachchalari — Ihob va Iyod Maxluflar nomiga rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, Asadning yana bir amakivachchasi Mahlub Moskva biznes markazidan bir necha daqiqalik masofada joylashgan uch xonali kvartira sotib olgan. Rossiya poytaxtida qimmatbaho ko‘chmas mulk xarid qilish uchun sobiq Suriya prezidentining qarindoshlari ofshor kompaniyalardan foydalanishgan.
Foto: AFP
Suriyadagi vaziyat
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.
Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi
Qarzing bo‘lmasin!
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga qochib kelgani ma’lum bo‘ldi
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?