Arnold Shvarseneggerning yangi videosi muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish226
Arnold Shvarseneggerning yangi videosi muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi
Dastlab mohir bodibilder sifatida tanilgan, “Terminator”, “Yirtqich” va “Qizil jazirama” kabi ajoyib jangari filmlardagi rollari tufayli xalqaro yulduzga aylangan 77 yoshli Shvarseneggerning ko‘rinishi uning salomatligi yomonlashgani haqidagi turli mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Shvarsenegger muxlislari Gollivud aktyorining sog‘lig‘idan xavotirda, deb yozadi Kino.mail.ru.
Arnold Shvarseneggerning yangi videosi muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi
Foto: Variety
Suratga olish ishlari Nyu Yorkda bo‘lib o‘tayotgan “Qop ko‘targan odam” filmi uchun aktyor Santa Klaus obrazida namoyon bo‘ldi. Shvarseneggerning shahar ko‘chalari bo‘ylab og‘ir va juda sekin qadam bosishini ko‘rgan muxlislar bundan hayratda qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar “Aktyor ancha qarib qolibdi”, “Arnold 2 oyda 200 yilga qaribdi”, “U 'Terminator' filmidagi vaqt mashinasini unutib qoldirgan ko‘rinadi”, “Shvarsenegger Trampdan kattaroq ko‘rinar ekan”, deya turli izohlar qoldirishdi.

Rejissyor Adam Shenkmanning yangi jangovar komediyasida Santa Klaus (Shvarsenegger) sehrli qopini o‘g‘irlab ketishadi. O‘g‘rini izlab topish uchun Santa yil davomida quloqsiz bo‘lgan va o‘zini yomon tutgan bolalar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi va jinoyatchini izlash uchun o‘ziga mitti yordamchini izlashga tushadi.
Arnold Shvarseneggerning yangi videosi muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi
Foto: TMZ
Avvalroq mart oyida Arnold Shvarseneggerga yurak stimulyatori o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi. 76 yoshli aktyor tashvishga tushgan muxlislariga javoban “hammasi yaxshi” ekanini bildirgan edi. So‘ng sentyabr oyi boshlarida Gollivud yulduzi Berlindagi Hertie School xususiy universitetining faxriy doktori unvonini olgan edi.

Ma’lumot uchun, Arnold Shvarsenegger 1947 yil 30 iyulda Avstriyaning Tal shahrida tug‘ilgan. Dastlab mohir bodibilder sifatida tanilgan aktyor “Terminator”, “Yirtqich” va “Qizil jazirama” kabi ajoyib jangari filmlardagi rollari tufayli xalqaro yulduzga aylangan. 1966 yilda u “Dunyoning eng kelishgan erkagi” tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan va 1967 yilda u mutlaq g‘olib bo‘lgan. 2003 yildan 2011 yilgacha u Kaliforniya gubernatori bo‘lib ishlagan. Juda kam oylik olganiga qaramay, Shvarseneggerning o‘zi “ushbu vaqtni hayotidagi eng yaxshi davri” deb hisoblaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?