Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu hafta MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitini, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishini va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Barcha tadbirlar Leningrad viloyatidagi “Igora” tog‘ chang‘i kurortida bo‘lib o‘tadi. Putin 24 dekabr kuni Emomali Rahmon bilan savdo, xavfsizlik, madaniyat va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarning asosiy jihatlarini muhokama qiladi.
Migratsiya muammolariga, shuningdek, 2024 yilda Rossiyaning MDHga raisligi va 2025 yilda Tojikistonning bo‘lajak raisligiga alohida e’tibor qaratiladi. Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
25 dekabr kuni MDH davlat rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Putin 2024 yilda Rossiya raisligi yakunlarini sarhisob qiladi va norasmiy vaziyatda MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
26 dekabr kuni “Igora”da Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) doirasida integratsiyani chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Tadbirda Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari, shuningdek, Kuba vakillari ishtirok etadi. Umumiy gaz va neft bozorini yaratish, shuningdek, 2025 yilga mo‘ljallangan rejalar, shu jumladan Eronga YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini berish masalalari muhim mavzular bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Germaniyada mashinada odamlarni bosib ketgan erkak bunga izoh berdi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi