
Foto: Evan Vucci/AP
Ekspertlar Donald Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi muzokaralarga qaysi mamlakatlar mezbonlik qilishi mumkinligini aytishdi, deb xabar berdi «Izvestiya» gazetasi.
Bu borada Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining imkoniyati yuqori boʻlishi mumkin. Chunki ular Moskva va Kiev oʻrtasidagi muzokaralarda ishtirok etib kelmoqda.
Shveytsariya TIV matbuot xizmati rahbari Nikolya Bido, agar Rossiya va AQSh etakchilari soʻrashsa, oʻz mamlakati ham mezbonlikka tayyorligini bildirdi. Biroq Bern neytral maqomini yoʻqotgan deb hisoblovchi Rossiya tomoni bunga koʻnishi dargumon, deb yozdi «Izvestiya».
Gazeta soʻroqqa tutgan ekspertlarning aytishicha, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA Putin va Trampni uchrashtirishdan manfaatdor, chunki ularning xalqaro maydondagi nufuzi yanada oshadi.
Muzokaralarni oʻtkazishga yana bir da'vogar — Turkiya. Sharqshunos Ilya Vedeneevga koʻra, Turkiya rahbariyati ham Rossiya, ham Gʻarb bilan ishchi aloqalarga ega. Qolaversa, Anqara doim xalqaro munosabatlarning faol qatnashchisi va oʻzaro nizolashayotgan davlatlarni yarashtiruvchi rolini bajarishga intilib kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar