
Rossiyaning «er-havo» toifasidagi raketasi 25 dekabr kuni Aqtauda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti qulashiga sabab boʻlgan. Bu haqda Euronews Ozarbayjon hukumatidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlariga koʻra, raketa Bokudan Grozniyga ketayotgan 8432 reysi boʻyicha Grozniy osmonida «dronning havodagi faolligi» paytida uchirilgan. Raketa samolyot yonida portlab, uning qoplamasiga zarar etkazgan.
Euronews manbalarining ta'kidlashicha, shikastlangan layner ekipaji favqulodda qoʻnishni soʻragan, biroq unga Rossiyaning hech bir aeroportiga qoʻnishga ruxsat berilmagan, shundan soʻng u Kaspiy dengizi orqali Aqtau yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishga buyruq olgan. Ma'lumotlarga koʻra, samolyotning GPS navigatsiya tizimlari dengiz ustidagi parvoz davomida oʻchirilgan.
Raketa Pantsir-S havo hujumidan mudofaa tizimidan otilgan, deb xabar berdi Ozarbayjon hukumati manbalariga tayanib, Bokudagi AnewZ xalqaro nashri.
Euronews`ning Rossiyadagi manbalariga koʻra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi samolyoti Checheniston hududidan uchib oʻtayotgan vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirmoqchi boʻlgan. Checheniston Xavfsizlik kengashi rahbari Hamzat Qodirov Grozniyga dron hujumi chorshanba kuni ertalab sodir boʻlganini tasdiqladi.
25 dekabr kuni ertalab Aqtau yaqinida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer samolyoti halokatga uchragandi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, besh nafar ekipaj a'zosi boʻlgan. Samolyot halokati oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Dastlab samolyotning halokatga uchrashiga qushlar toʻdasi bilan toʻqnashuv yoki bortdagi kislorod ballonining portlashi sabab boʻlishi mumkin degan taxminlar ilgari surilgandi.
Aqtaudagi aviahalokatdan soʻng Azerbaijan Airlines samolyoti shikastlangani aks etgan videoyozuvlar paydo boʻldi. Laynerning saqlanib qolgan parchalari qoplamasida oʻqqa tutilganga oʻxshash izlar aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar