Aqtauda gipermarket yonida avtomobil yondi (video)

Aqtau shahridagi gipermarketlardan biri yonida yong‘in sodir bo‘ldi. Gaz-ballon uskunasi bilan jihozlangan yengil avtomobil yongan. Bu haqda Nur.kz ma’lum qildi.
Hodisa bugun, 11 sentyabr kuni Shig‘is-2 mikrorayonida sodir bo‘lgan. Avtomobil yongani haqida xabar yong‘in-qutqaruv xizmati navbatchisi pultiga soat 15:20 da kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Volkswagen Jetta rusumli yengil avtomobil yongan.
Qayd etilishicha, avtomobil gaz-ballon uskunasi bilan jihozlangan bo‘lgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun 6 nafar yong‘in-qutqaruv xizmati xodimi va 2 ta maxsus texnika jalb qilingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.





























Izohlar 0
…