Qozog‘istonga 252 ming dona tuxumni noqonuniy olib kirishga uringanlar to‘xtatildi

Rossiyadan Qozog‘istonga veterinariya kuzatuv hujjatlarisiz 252 ming dona tovuq tuxumini olib kirishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Jaysan” veterinariya nazorati postida Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Veterinariya nazorati va qo‘mitasining Aqtobe viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari Rossiyadan Bayqo‘ng‘irga yo‘l olgan transport vositasini tekshirgan.
Tekshiruv davomida yuk uchun zarur veterinariya hujjatlari mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tuxumlarning butun partiyasi esa Rossiyaga qaytarilgan.
Shuningdek, tashuvchiga veterinariya qonunchiligi talablari hamda nazorat qilinadigan mahsulotlarni davlat chegarasi orqali olib o‘tish qoidalari tushuntirilgan.





























Izohlar 0
…