Putin qonunni imzoladi: rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmaydi

1 daqiqa o'qish328
Putin qonunni imzoladi: rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmaydi
RF prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu boradagi hujjat normativ-huquqiy hujjatlar saytiga joylashtirilgan.

Qonun mualliflari — Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, vitse-spiker Irina Yarovaya, Dumaning asosiy qo‘mitalari hamda Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari.

Qonunga muvofiq, boshlang‘ich umumiy, asosiy umumiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan rus tilini bilish bo‘yicha test sinovlaridan o‘tmagan migrantlarning farzandlariga ushbu ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga ruxsat etilmaydi.

Qonun bilan, shuningdek, Rossiyada hududida noqonuniy ravishda yurgan migrantlarning farzandlarini ham maktabga qabul qilish taqiqlandi.

Ta’kidlanishicha, Rosobrnadzor test sinovlarini o‘tkazilishini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, uni amalga oshirish uchun diagnostika materiallarini ishlab chiqishni tashkil qiladi, rus tilini bilishni baholash mezonlari, shuningdek, bunday testdan muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlovchi minimal ballarni belgilaydi.

Avvalroq Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin joriy o‘quv yili boshida migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilishda qiynalayotganini aytgan edi. Uning fikricha, sifatli ta’lim olish va maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun «rus tilini bilish kerak».

«Aks holda, tilni bilmagan bola uchun o‘rganish va ijtimoiy moslashish jarayonlari nihoyatda qiyinlashadi, sinfdoshlari va o‘qituvchilari bilan muammolar paydo bo‘ladi. <…> Mamlakatimizga kelganlar rus tilini bilishi, rus madaniyati va tarixini hurmat qilishi, Rossiya qonunlariga qat’iy rioya qilishi shart», degandi u.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?