Rossiyadan 6 oyda qancha migrant deportatsiya qilindi?

Rossiyadan 6 oyda qancha migrant deportatsiya qilindi?

2026 yilning dastlabki olti oyida Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan 43 ming 700 nafar xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65,5 foizga oshgan.

Bu haqda 29 iyul kuni Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Max ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Volodinning ta’kidlashicha, 2025 yilgacha migrantlarni deportatsiya qilish faqat sud qarori asosida amalga oshirilgan. Biroq 2025 yil fevral oyida kuchga kirgan federal qonunga muvofiq, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga ayrim hollarda sud qarorisiz ham mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolati berilgan.

Shuningdek, u 2024 yildan buyon Davlat dumasi migratsiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan jami 32 ta federal qonunni qabul qilganini qayd etdi. Mazkur o‘zgarishlar xorijiy fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda migratsiya sohasidagi tartibni mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar