Gruziyada sobiq futbolchi prezidentlikka kirishdi (video)

1 daqiqa o'qish254
Gruziyada sobiq futbolchi prezidentlikka kirishdi (video)
Foto: Reuters
Mixail Kavelashvili 29 dekabr kuni Gruziya prezidenti lavozimiga kirishdi. Tbilisida yangi davlat rahbarining inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtdi.

14 dekabr kuni Kavelashvili 300 kishidan iborat saylov hay'ati tomonidan 224 ta ovoz toʻplab, ushbu lavozimga loyiq koʻrilgandi. Inauguratsiya Gruziya parlamentida boʻlib oʻtdi. Marosim vaqti xavfsizlik choralari kuchaytirildi, xususan, binoga kirish cheklandi va jurnalistlar uchun dastlabki akkreditatsiya tashkil etildi. Marosimda “Gruziya orzusi” asoschisi Bidzina Ivanishvili ishtirok etdi, biroq “joylar yetishmasligi” sababli xorijiy diplomatlar taklif qilinmadi.

Gruziya sobiq prezidenti Salome Zurabishvili yangi davlat rahbarining qonuniyligini tan olmasligini aytdi. U dastlab oʻz lavozimini tark etmoqchi emasligini bildirgan. Biroq inauguratsiyasidan soʻng prezident saroyini tark etgan. U “xalq bilan qolishini” va yangi parlament saylovlari uchun kurashishini ma'lum qilgan.

"Saroyda boʻlamanmi yoki undan tashqaridami, mening sadoqatim hech qachon oʻzgarmaydi... men sizlar bilan, xalq bilan birga qolaman", degan Salome Zurabishvili.

Gruziyaning yangi prezidenti

Mixail Kavelashvili — sobiq futbolchi, Gruziya terma jamoasi hujumchisi, Tbilisining “Dinamo”, “Manchester Siti”, “Spartak-Alaniya” klublari futbolchisi; sportdagi faoliyatini 2006 yilda yakunlagan.
Gruziyada sobiq futbolchi prezidentlikka kirishdi (video)
Stavka na antizapadnika: chempion Rossii rvetsya v prezidenti Gruzii - RIA Novosti Sport, 27.11.2024 2022 yilda parlament deputati sifatida u “Gruziya orzusi”dan chiqqan, parlament guruhini shakllantirgan va parlamentdagi koʻpchilikka aylangan “Xalq kuchi” asoschilaridan boʻlgan. Ushbu guruh Gʻarbga qarshi bayonot bilan chiqqan va 2023 yilda chet el agentlari toʻgʻrisidagi rezonansli qonun loyihasini ilgari surgan.

Oʻsha paytda jamoatchilik noroziligi tufayli u bekor qilingan. Ammo 2024 yilda noroziliklarga qaramay, baribir qabul qilingan, bu esa Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishini toʻxtatishga olib kelgan. 2024 yilda “Xalq kuchi” siyosiy partiyaga aylangan va Kavelashvili uning siyosiy kotibi lavozimini egallagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?