Foto: news.ru / Global Look Press
Qozogʻiston Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyotining «qora quti»larini Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) yuboradi. Bu haqda Qozogʻiston transport vazirligi xabar berdi.
«Chikago konventsiyasining 13-ilovasi standartlariga muvofiq, tekshiruv oʻtkazayotgan davlat bort registratorlarining oʻqilishini ta'minlaydi va «qora quti»larni oʻqish va shifrini ochish uchun mamlakatni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi», deyiladi xabarda.
Qozogʻiston ushbu konventsiyani 1992 yilda ratifikatsiya qilgan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) a'zosi hisoblanadi.
«Yuqoridagi hujjat asosida, shuningdek, ICAO tavsiyalari hamda Ozarboyjon va Rossiya aviatsiya ma'muriyatlari bilan maslahatlashuvlarni inobatga olgan holda, Qozogʻiston transport vaziri Marat Qoraboyev boshchiligidagi Aviatsiya hodisalarini tekshirish komissiyasi, parvozni qayd qiluvchi qurilmalarni (qora qutilarni) Embraer samolyoti ishlab chiqarilgan mamlakat Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi», deyiladi Qozogʻiston transport vazirligi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama va Daniya Trampning hududiy da'volariga qanday javob qaytardi?
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi