21:25 / 01.01.2025
66

Italiya bilan Sitsiliya oroli oʻrtasida koʻprik quriladi

Italiya bilan Sitsiliya oroli oʻrtasida koʻprik quriladi
Foto: Shutterstock
Italiya markaziy hukumati va Sitsiliya mintaqaviy hokimiyati oktyabr oyida xususiy investorlar hamda muhandislik kompaniyalari bilan orol va materikni bogʻlaydigan koʻprikni qurish loyihasini muhokama qilgandi.

Messina boʻgʻozi orqali oʻquvchi koʻprik gʻoyasi dastlab Rim imperiyasi vaqtida paydo boʻlgan. Ammo XIX, XX va XXI asrlardagi koʻplab loyihalarga qaramay, koʻprik qurilishi amalga oshmagan.

Shunday boʻlsa-da, Italiyada ushbu mavzu boʻyicha koʻplab hazillar mavjud va «Messina orqali koʻprik qurishsa» degan ibora ham paydo boʻlgan. Sitsiliyani materik bilan bogʻlash borasidagi oxirgi loyihalardan biri 2020 yilda taqdim etilgan — unga koʻra suvosti tunneli qurilishi kerak edi.

Hozirda mamlakat hukumati yana koʻprik qurish gʻoyasiga qaytgan. Uzunligi 3,6 ming metrni tashkil etadigan koʻprik osma konstruktsiyaga ega boʻladi. U dunyodagi eng uzun osma koʻprikka aylanishi mumkin.

Rejaga koʻra, koʻprik 7,5 balli zilzila va soatiga 300 kilometrgacha tezlikda esadigan shamollarga ham bardosh beradi. Koʻprik uchta avtomobil polosasi va temiryoʻl koʻtarmasiga ega boʻladi. Loyiha mualliflarining hisoblashicha, koʻprik soatiga 6 mingtagacha engil va yuk mashinalarini hamda kuniga 200 tagacha poyezdni oʻtkazish imkoniyatiga ega. Qurilish ishlari qariyb olti yil davom etadi. Loyiha qiymati 4,6 milliard evro. Temiryoʻlni qurish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini Evropa Ittifoqi oʻz zimmasiga oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo