
Foto: “Report.az”
2 yanvar kuni ertalab Moskvadan Norilskka etib kelgan Sibir Airlines aviakompaniyasining Airbus 321A layneri aeroportga qoʻngach, burilish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi. Bu haqda Gʻarbiy Sibir transport prokuraturasi ma'lum qildi.
"Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, bugun soat 08:00 atrofida N.N.Urvatsev nomidagi Norilsk xalqaro aeroportiga Moskvadan uchib kelgan “Sibir” aviakompaniyasining Airbus 321A samolyoti qoʻnish tugagandan soʻng, burilishni amalga oshirayotgan paytda uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashqariga chiqib ketgan", deyiladi xabarda.
Nazorat qiluvchi organ ma'lumotlariga koʻra, samolyot bortida 79 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisadan soʻng mazkur samolyot parvozlardan vaqtincha chetlatilgan.
Moskvaga qaytish reysi uchun zaxiradagi samolyot ajratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar