11:16 / 03.01.2025
31

Rossiya dronlari Kiyevdagi Oliy rada ma'muriy binosiga zarar etkazdi

Rossiya dronlari Kiyevdagi Oliy rada ma'muriy binosiga zarar etkazdi
Foto: Oksana Johannesson/AP Photo/picture alliance
Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Kiyev markazidagi Bankova koʻchasida Ukraina Oliy radasining ma'muriy binosiga zarar etkazdi. Bu haqda parlament raisi Ruslan Stefanchuk 2 yanvar, payshanba kuni Facebookʼda ma'lum qildi.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, gap 1 yanvar kuni ertalab Kiyevga Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining hujumi haqida ketmoqda. Avvalroq, dron qoldiqlari Bankovayadagi hukumat kvartaliga, Ukraina prezidenti devoniga va Milliy bank yaqinidagi turar joy binolariga qulagani xabar qilingandi. Stefanchuk bugun xabar qilganidek, mashhur biologlar Igor Zima va uning rafiqasi Olesya Sokur vafot etgan.

«Portlash toʻlqini atrofdagi binolarga, jumladan, Ukraina Oliy radasi apparati qoʻmitalari va boʻlinmalari joylashgan Ukraina parlamentining ma'muriy binolariga zarar etkazdi», — deb yozadi siyosatchi.

U e'lon qilgan kadrlarga qaraganda, Radaning Bankova koʻchasi 6-8-uydagi ma'muriy binosining oynalari singan. U Ukraina prezidenti devonidan 100 metr uzoqlikda joylashgan.

Rossiya uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar kuni Kiyevga hujum qildi

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevga hujum qildi.

Shaharning Pecherskiy rayonida turar joy boʻlmagan binoga, shuningdek, koʻp qavatli turar joy binosiga zarar etdi, bir necha qavatlar qisman vayron boʻldi. Turar joy binosi hukumat qarorgohi yonida va prezident devonidan, shuningdek, me'moriy yodgorliklar reyestriga kiritilgan uy va Ukraina Milliy banki binosidan uzoq boʻlmagan erda joylashgan.

"Rossiyaliklar Kiyev markazidagi oddiy uylarga zarba berishdi. Kiyev markazidagi uylar kamida toʻrtta "Shahed"lar bilan hujumga uchragan", deb yozdi prezident devoni rahbari Andrey Ermak Telegram-kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo