22:50 / 09.01.2025
40

Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi

Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 20 yanvar kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Times of Israel.

Netanyaxuning Tramp lavozimiga kirishish marosimidagi ishtirokiga oid rejalari oʻzgarishi sabablari ma'lum qilinmadi.

2024 yilning 6 noyabr kuni isroillik siyosatchi Trampni prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabriklagan. Netanyaxu uning saylanishini “tarixdagi eng buyuk qaytish” deb atagan.

Trampning gʻalabasi Isroil va Amerika oʻrtasidagi buyuk ittifoqning qudratli yangilanishini anglatadi”, degan edi Netanyaxu.
Donald Trampning inauguratsiyasi joriy yilning 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Tramp avvalgi saylovlarda magʻlubiyatga uchraganidan keyin davlat rahbari lavozimiga qayta olgan XIX asrdagi AQSh prezidentlarining birinchisi boʻldi.

Bir kun avval Tramp agar Falastinning HAMAS harakati inauguratsiyaga qadar garovda ushlab turilganlarni ozod qilmasa, ularga nisbatan qattiq choralar koʻrishga va'da bergan edi.

Foto: Flash90
Agar garovga olinganlar qaytib kelmasa, jahannam boshlanadi. Men muzokaralarga xalaqit berishni xohlamayman, lekin agar ular men lavozimga kirishishimga qadar qaytarilmasa, Yaqin Sharqda haqiqiy doʻzax boshlanadi. Bu HAMAS uchun, toʻgʻrisini aytganda, hamma uchun ham yomon boʻladi”, dedi Tramp.

Uning ta'kidlashicha, garovga olinganlar bilan bogʻliq vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroil hududiga hujumi oqibati ekanini qoʻshimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo