Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?

1 daqiqa o'qish878
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
2025 yilning yanvar oyida Los-Anjeles va janubiy Kaliforniya hududini qamrab olgan yongʻinlar AQSh tarixidagi eng xavfli va zararli tabiiy ofatlardan biriga aylandi. 10 kishi halok boʻldi, 180 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Yongʻinlar mashhur Hollywood belgisiga, Sunset bulvari va Alleye Slavi kabi joylarga tahdid solmoqda.

Mutahassislar bir nechta omillar bu yongʻinlarning keng koʻlamli boʻlishiga sabab boʻlganini ta'kidlamoqda:

Quruq iqlim va kuchli qurgʻoqchilik


Kaliforniyada hozirda yomgʻir mavsumi boʻlishi kerak edi, biroq 2024 yil davomida yomgʻir deyarli yogʻmadi. 2022–2023 yillardagi kuchli yogʻingarchiliklar natijasida oʻsimliklar va daraxtlar tez oʻsgan boʻlsa, keyinchalik quruq havo bu oʻsimliklarni tez quritib, yongʻinlar uchun oson yonuvchi yoqilgʻiga aylantirdi.

Shamolning ta'siri


Santa-Ana deb ataluvchi kuchli shamollar yongʻinlarning tez tarqalishiga sabab boʻlmoqda. Ushbu shamol 45 metr/sekundgacha tezlikka ega boʻlib, shaharga quruq va issiq havo olib keladi. Shamolning toʻxtamasligi yongʻinlarni nazoratga olishni qiyinlashtirmoqda.

Yongʻin xizmati muammolari


Los-Anjeles shahar yongʻin xizmati yongʻinlarga toʻliq tayyor emasligi tanqid qilinmoqda. Garchi 2025 yil uchun byudjet oshirilgan boʻlsa-da, koʻp yillik muammolar va infratuzilmaning eski holati yongʻinlarga qarshi kurashni qiyinlashtirgan.

Shahar meri va boshqa rasmiylar vaziyatni nazoratga olish uchun qoʻshimcha choralar koʻrmoqda. Shu bilan birga, iqlim oʻzgarishi kabi global omillar ham bunday ofatlarning kelajakda koʻproq uchrashiga olib kelishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?