16:56 / 11.01.2025
26

«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Viza va fuqarolik olish masalalari boʻyicha xalqaro konsultativ markaz – Henley & Partners dunyo mamlakatlari pasportining an'anaviy yillik reytingini e'lon qildi.

Reyting Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bergan ma'lumotlar asosida tuzilgan. Unda davlatlarning fuqarolik pasporti oʻz egasiga nechta mamlakatga avvaldan viza olmasdan (umuman viza olmasdan yoki etib borganidan keyin viza olgan holda) kirib borish imkonini berishi inobatga olingan.

2025 yilgi indeksda Oʻzbekiston pasporti Kuba pasporti bilan birga 80-oʻrinni qayd etgan. Ushbu ikkita mamlakat fuqarolari 64 ta davlatga avvaldan viza olmay kirib boraverishi mumkin.

Oʻzbekiston pasportining Henley Passport Index boʻyicha oxirgi yillardagi pozitsiyasi:

2016 yil: 52 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-oʻrin;
2017 yil: 53 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 83-oʻrin;
2018 yil: 59 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 82-oʻrin;
2019 yil: 56 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-oʻrin;
2020 yil: 57 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 83-oʻrin;
2021 yil: 56 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 92-oʻrin;
2022 yil: 57 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 86-oʻrin;
2023 yil: 59 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-oʻrin;
2024 yil: 64 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 80-oʻrin;
2025 yil: 62 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 80-oʻrin;

Reytingda birinchi oʻrinni Singapur pasporti egallagan. Henley kompaniyasiga koʻra, bu davlat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega.

2024 yilda ham, odatdagidek, reytingda yuqori oʻrinlarni asosan Evropa Ittifoqi davlatlarining pasportlari band qilgan:

1-oʻrin. Singapur – 195 ta davlat;
2-oʻrin. Yaponiya – 193 ta davlat;
3-oʻrin. Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Finlandiya, Janubiy Koreya – 192 davlat;
4-oʻrin. Avstriya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, – 191 ta davlat;
5-oʻrin. Belgiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Shveytsariya, Yangi Zelandiya – 190 ta davlat;

Shuningdek, Kanada pasporti bilan 188 ta davlatga, AQSh pasporti bilan 186 ta davlatga, BAA pasporti bilan 185 ta davlatga, Malayziya pasporti bilan esa 183 ta davlatga beruxsat kirib boraverish mumkin.

Sobiq ittifoq respublikalari orasida Estoniya (9-oʻrinni band etgan, ushbu davlat fuqarolari 186 ta davlatga vizasiz borish huquqiga ega) hamda Latviya va Litva (10-oʻrin, 185 ta davlat) eng yaxshi koʻrsatkichga ega.

Ukraina pasporti 148 ta davlat, Gruziya pasporti 122 ta davlat, Rossiya va Turkiya pasporti esa 116 ta davlatga vizasiz kirish huquqini beradi.

Markaziy Osiyo respublikalarining pasport reytingi quyidagicha:
65-oʻrin. Qozogʻiston – 77 ta davlat;
78-oʻrin. Qirgʻiziston – 64 ta davlat;
80-oʻrin. Oʻzbekiston – 62 ta davlat;
84-oʻrin. Tojikiston – 58 ta davlat;
92-oʻrin. Turkmaniston – 50 ta davlat.

Reytingni 26 ta davlatga vizasiz kirish imkonini berishi bilan Afgʻoniston pasporti yakunlab beradi. Undan avvalgi oʻrinlarda Suriya (27), Iroq (31), Pokiston (33) va Yaman (33) fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo