Foto: heeeey.ru
Los-Anjelesda bir haftadan buyon yongʻinlar davom etmoqda va minglab binolarni yoʻq qilmoqda. Oʻt oʻchiruvchilar bir vaqtning oʻzida bir necha yongʻin oʻchoqlarida tarqalgan olovni toʻxtata olmayapti, kuchli shamol yongʻin tarqalishini osonlashtirmoqda. Malibu va Santa-Monika oʻrtasidagi shimolroqda joylashgan Pasifik-Paliseyds ofatdan eng koʻp jabr koʻrgan. Bu tinch hudud — koʻplab taniqli shaxslar yashaydigan joy hisoblanadi. Yulduzlar evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan, koʻpchilik millionlab dollarga baholangan uylaridan ayrilgan.
Los-Anjelesda allaqachon besh mingdan ortiq uy yonib ketdi. Eng koʻpi — Pasifik-Paliseyds hududida
Mario Tama / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
«Paliseyds» nomini olgan eng katta yongʻin oʻchogʻi keltirgan vayrongarchilik, 2025 yil 9 yanvar
Mark J. Terrill / AP / Scanpix / LETA
Koʻplab uylardan faqat kaminlarning quvurlari qolgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakillaridan biri yongan uylar orasida, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds asosan eng badavlat kishilar uchun qurilgan uylardan iborat tinch joy edi. Ser Entoni Hopkins, Mel Gibson, Billi Kristal, Peris Hilton va boshqa koʻplab mashhur aktyorlar uylarini yoʻqotgan
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseydsda moʻ'jiza tufayli omon qolgan uy
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Oʻt oʻchiruvchilar uylar xarobalarini tekshirib chiqmoqda, 2025 yil 10 yanvar. Rasman 10 kishi jasadi topilgan, ammo, rasmiylar qurbonlar soni koʻproq boʻlishi mumkinligini tan olishgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETA
Oʻt oʻchirish vertolyotidan turib olingan manzara
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETA
Xarobalar orasida moʻ'jiza tufayli omon qolgan boshqa uylar. Yongʻinlar tufayli oʻn minglab kishilar xavfsiz joylarga koʻchirilgan
David Swanson / AFP / Scanpix / LETA
NBAdagi «Golden Steyt Uoriorz» klubi murabbiyi, bolaligi Pasifik-Paliseydsda, onasining uyida oʻtgan (bu uy hozirda yonib ketgan) Stiv Kerr qachonlardir «ertaknamo shahar» boʻlgan bu maskanni endi tiklash juda ham qiyin boʻlishini aytadi. Mahalliy aholining farzandlari oʻqigan Palisades Charter High School maktabi hamda boshqa infratuzilmalar ham vayron boʻlgan
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds koʻchalari yongʻindan keyin
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETA
Los-Anjeles uzra koʻtarilgan tutun
John Locher / AP / Scanpix / LETA
Xabar qilishlaricha, Pasifik-Paliseyds tepaligidagi koʻplab oʻt oʻchirish gidrantlarida suv boʻlmagan: ularga suv etkazib berishi lozim boʻlgan suv ombori ta'mirlanayotgandi
Mike Blake / Reuters / Scanpix / LETA
Will Rogers State Beach plyaji va yonib ketgan uylarning vertolyotdan koʻrinishi
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETA
Millionerlarning uylaridan tashqari Pasifik-Paliseyds chekkasidagi koʻp qavatli binolar joylashgan park ham jabrlangan, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi