08:00 / 13.01.2025
24

Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Grenlandiya etakchisi Mute Egede AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan orolning kelajagi boʻyicha muloqot qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

Egede orol AQShga sotilmasligini ta'kidladi. Biroq Grenlandiya “amerikaliklar oʻz dunyosining bir qismi deb hisoblaydigan joy” ekanini aytdi. U hali Tramp bilan gaplashmagan boʻlsa-da, “tomonlarni nima birlashtirayotgani haqidagi munozaralar” uchun ochiqligini ta'kidladi.

Biz muloqotga tayyormiz. Hamkorlik — bu dialog. Hamkorlik echimlar ustida ishlashni anglatadi”, deya ta'kidladi u.

Grenlandiya 18-asrdan beri Daniyaning mustamlakasi boʻlgan va 1953 yilda Daniyaning oʻzini oʻzi boshqaradigan hududiga aylangan. 2009 yilda orol aholisi ovoz bergan taqdirda mustaqillikka erishish huquqini qoʻlga kiritgan.

Bizda mustaqillikka intilish, oʻz uyimizda xoʻjayin boʻlish istagi bor... Buni hamma hurmat qilishi kerak. Grenlandiya — grenlandiyaliklarniki. Na daniyalik, na amerikalik boʻlishni istaymiz. Biz grenlandiyalik boʻlishni xohlaymiz”, deya ta'kidladi Egede.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo