22:11 / 13.01.2025
93

Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi

Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Paxta oson alanga olsa-da, qulay va havo oʻtkazish xususiyatiga ega boʻlgani uchun kiyim-kechak tayyorlashda koʻp qoʻllanadi. Texas A&M universiteti olimlari atigi bir bosqichli usul bilan ushbu tolaning yonuvchanligini kamaytirish yoʻlini topdi — buning uchun polielektrolit qoplama ishlatiladi.

Undan turli toʻqimachilik mahsulotlari, xususan, mebel qoplamalarida foydalanish mumkin. Phys.org xabar berishicha, yangi usulni oddiy sanoat sharoitlarida ham qoʻllasa boʻladi.

Polielektrolitlar yordamida olovga chidamli qoplamalar yaratish borasida shu paytgacha ma'lum boʻlgan usullar ikki yoki undan ortiq bosqichni talab qilardi, bu esa vaqt va xarajatlarni oshiradi. Yangi tadqiqot xuddi shunday natijalarga atigi bir bosqichda erishishni maqsad qilgan. Tadqiqotchilar oddiy sharoitda bugʻlanadigan molekula — uchuvchan asosdan foydalandi.

Uchuvchan asos sifatida ammiak qoʻllandi. Uning bugʻlanishi pH darajasini pasaytirib, paxta yuzasida kompleks hosil boʻlishiga olib keladi. Ilgari bu usul olovdan himoyalanish uchun ishlatilmagan.

Texnologiyaning boshqa afzalliklari shundaki, u suvga asoslangan boʻlib, boshqa koʻpchilik usullardan farqli ravishda zaharli emas.

Tadqiqotchilar ushbu usulni kompaniyalar bilan hamkorlikda oʻrganishni davom ettirmoqchi. Ular oʻz kashfiyotlarini yogʻoch, mato, penoplast hamda boshqa toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlashda qoʻllashni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo