Foto: Getty Images
Turkiya bozorlarida hatto zargarlar ham aniqlay olmaydigan soxta oltin keng tarqaldi va bu fuqarolarda vahima uygʻotdi, deb yozmoqda Kun.uz CNN Turk'ga tayangan holda.
«Bozorda qalbaki oltinlar boʻyicha ogohlantirish eng yuqori darajaga etdi. Zargarlar ham zoʻrgʻa ajrata oladigan qalbaki oltin ham fuqarolar orasida vahima uygʻotdi», deyiladi telekanal xabarida.
Oltin va pul bozori mutaxassisi Isam Memish soʻzlariga koʻra, soxta oltinning bozorlarda paydo boʻlishiga yoz mavsumida oltin narxining koʻtarilishi va tushishi sabab boʻlishi mumkin.
«Ular ustaxonalar, masalan, zargarlik ustaxonalari ochishadi va bozorga past navli yoki butunlay qalbaki mahsulotlarni qoʻyishadi. Odatda ular onlayn sotiladi», deb tushuntirdi ekspert.
Zargarlik doʻkonlari egalari ham firibgarlar qurboni boʻlayotgani xabar qilindi. Savdogarlar oʻzlarini himoya usullarini ham oʻylab topdi. «Firibgar kelganida biz uni video suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhga joʻnatamiz», dedi Memish.
Turkiya zargarlik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng yirik markazlardan biridir. Turk zargarlari oʻz hunarmandchiligi bilan mashhur boʻlib, noyob zargarlik buyumlarini yaratadi.
Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta'minlash maqsadida faol ravishda oltin xarid qiladi.
Oltin taqinchoqlar Turkiyaga borgan sayyohlar orasida mashhur suvenir hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar