Oʻzbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Romak Co. qishloq xoʻjaligi mahsulotlari logistika markazi va eksport terminaliga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida shirkatning faoliyati bilan yaqindan tanishildi va kompaniya direktori Rizo Ganji bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Foto: "Dunyo" AA
Mazkur kompaniya 31 gektar maydonda joylashgan boʻlib, asosan tsitrus mevalarni saqlash va importga moʻljallangan hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Asosiy hamkorlari Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanadi. Kompaniya bir yilda 4 million tonna tsitrus mevalarini xorijga eksport qiladi.
Muloqot chogʻida, kompaniya rahbariyatiga Oʻzbekistonning salohiyati haqida ma'lumot berilib, mamlakatga sarmoya kiritish hamda ushbu logistika markazi loyihasini amalga oshirish taklifi taqdim etildi.
Eron tomoni Oʻzbekiston bilan tsitrus mevalari, shu jumladan, kivi, limon, apelsin va mandarin mahsulotlarini etishtirish, saqlash, qadoqlash hamda eksportga tayyorlash yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar