09:50 / 20.01.2025
96

Isroil 90 nafar falastinlik mahbuslarni ozod qildi (video)

Isroil 90 nafar falastinlik mahbuslarni ozod qildi (video)
Foto: voanews.com
Isroil Hamas harakati bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar bermoqda Reuters 20 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi falastinliklar ozod etilgan Isroil qamoqxona xizmatiga tayanib. Bu ma’lumotni AFP agentligi jurnalistlari tasdiqladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oynalari qoraytirilgan ikkita avtobus Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Ofer harbiy qamoqxonasi hududidan chiqib ketgan.

Foto: AP / Leo Correa
The Times of Israel nashrining yozishicha, gap G‘arbiy Sohilning 78 nafar va Sharqiy Quddusning 12 nafar fuqarosi haqida ketyapti. Ynet portali ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida 69 nafar ayol, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan qiz, 8 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bola va 12 nafar erkak nisbatan kichik jinoyatlar uchun sudlangan.

Hamas Isroilga garovga olingan uch ayolni qaytardi

Bir necha soat avval Falastin harakati garovga olingan uch nafar isroillik: 24 yoshli Romi Gonen, 28 yoshli Emili Damari va 31 yoshli Doron Shtaynbrexerni ozod qilgan edi. Ular urishayotgan tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning birinchi bosqichini amalga oshirish doirasida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirildi.

Isroil Mudofaa armiyasi (SAHAL) ma’lumotlariga ko‘ra, ozod etilganlar harbiylar va xavfsizlik kuchlari xodimlari kuzatuvi ostida Isroilga olib ketilgan va ahvolini baholash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Isroil hukumati Hamas bilan kelishuvni tasdiqladi

Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olganlarni ozod qilish bo‘yicha Hamas guruhi bilan kelishuvni nihoyat tasdiqladi. Bu haqda 18 yanvarga o‘tar kechasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning idorasi xabar berdi.

Bosh vazir idorasi o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish 19 yanvar, yakshanba kuniyoq boshlanishini aytdi. Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi sakkiz soat davom etdi.

Amerikaning Axios portaliga ko‘ra, Netanyahu koalitsion hukumatidagi 24 vazir kelishuv uchun ovoz bergan, sakkiz nafari qarshi chiqqan. AP agentligi ta’kidlaganidek, hukumat yig‘ilishi yahudiylarning shabat kuni ishlamaslik an’analariga zid ravishda o‘tkazildi, bu faqat istisno hollarda bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo