Foto: AP Photo
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “armiyani kuchaytirish uchun” koʻproq yosh koʻngillilarni safarbar qilish loyihasini e'lon qildi. U hukumat va harbiylarga tegishli takliflarni ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.
Makron Fransiyani moslashishga majbur qilayotgan “tahdidlar toʻplangani”ni ta'kidladi. U mamlakat 2030 yilga borib 210 ming nafar harbiy va 80 ming nafar zaxiradagilarga ega boʻlishni maqsad qilganini aytdi.
U, shuningdek, “Evropaning strategik uygʻonishi”ga chaqirib, mudofaa ustuvorliklari boʻyicha strategik sharhni yangilash tashabbusi bilan chiqdi.
“Keling, oʻzimizni aldamaylik. Ukrainadagi mojaro ertaga yoki indinga tugamaydi”, dedi Fransiya prezidenti.
Makron Evropada “evropaliklarsiz va ularning muzokaralarisiz” tinchlik va xavfsizlik boʻlishi mumkin emasligini ta'kidladi.
“Bugungi kun oldimizda turgan vazifa - Ukrainaga bardosh berishi va kelajakdagi har qanday muzokaralarga kuchli pozitsiyadan kirib borishi uchun vositalar berishdir. Ertaga, janglar toʻxtaganidan soʻng, vazifamiz Ukrainaga oʻz hududida urushning qayta boshlanishiga qarshi kafolatlar berish, shuningdek, oʻz xavfsizligimizni ta'minlash boʻladi”, dedi Makron.
Fransiya etakchisi hukumat va qurolli kuchlar shtabiga “yosh koʻngillilarga qurolli kuchlarda oʻqish va saflarini mustahkamlash imkoniyatini berish” uchun may oyigacha takliflar ishlab chiqishni soʻrab murojaat qildi.
“Biz koʻngillilarni yanada samaraliroq aniqlashimiz, ularni tayyorlashimiz va zarur paytda Fransiya hududida yoki boshqa joylarda qoʻshinlarni qoʻllab-quvvatlash uchun safarbar qilishga tayyor boʻlishimiz kerak. Professional armiyadan soʻng, endi biz qoʻshimcha yordam va kuchaytirishni ta'minlash uchun professional zaxira kuchlarini safarbar qilishimiz lozim”, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar