Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Turkiyaning Bolu muzofotidagi Kartalkaya togʻ-changʻi kurortida yuz bergan kuchli yongʻin oqibatida Zahro Sena Gultekin 13 nafar oila a'zolari bilan birgalikda halok boʻldi.

Zahro Sena Gultekin turmush oʻrtogʻi Bilol Gultekin bilan toʻrt farzandni tarbiyalab kelganlar. Gultekin oilasining toʻrtinchi farzandi asli shinjonlik uygʻur qiz boʻlib, er-xotin uni asrab olgan edi.

Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Turkish Airlines shirkatida faoliyat yuritgan Zahro Sena maktab ta'tili kunlari farzandlari hamda oila a'zolari bilan Bolu muzofotidagi togʻ-changʻi kurortiga dam olgani borishgan. 21 yanvar tongida roʻy bergan mudhish yongʻinda Zahro Sena, uning turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa oila a'zolari olov domida qolishgan. Oʻlimi arafasida ayol onasiga qoʻngʻiroq qilib vidolashishga ulgurib qolgan.

Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Zahro Sena Gultekin hamda uning oila a'zolari janoza va dafn etish marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham qatnashgan.

Turkiyadagi mudhish yongʻinda bir oilaning 14 a'zosi halok boʻldi

Kartalkaya togʻ-changʻi kurortidagi mehmonxonada roʻy bergan yongʻinda 76 kishi vafot etgan, oʻnlab odam jarohatlangan.

Yongʻin sabablarini oʻrganish boʻyicha tergov harakatlari boshlangan. Rasmiylar hodisa aybdorlari qonun oldida qat'iy javob berishini ma'lum qilgan.

Avval xabar berganimizdek, insoniy yoʻqotishlarga olib kelgan yongʻin sabab Turkiyada  22 yanvar motam kuni deb e'lon qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar