Xomanaiyning janoza marosimida Donald Trampga nisbatan keskin chaqiriqlar yangradi

1 daqiqa o'qish221
Xomanaiyning janoza marosimida Donald Trampga nisbatan keskin chaqiriqlar yangradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tehron shahridagi "Imom Xumayniy al-Musalla" majmuasida Ali Xomanaiy va uning oila a'zolari bilan vidolashuv janoza marosimi bo'lib o'tdi.
  • Marosimda shoir Muhammad Rasuli AQSH prezidenti Donald Trampni o'ldirishni "majburiyat" deb atab, unga nisbatan keskin chaqiriqlar bilan nutq so'zladi.
  • Shuningdek, yig'ilganlar dushmanlarga qarshi qarshilik va Eron rahnamosining qoni uchun qasos talabini ilgari surgan ikkita asosiy shiorni yangratdi.

Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimi Tehron shahridagi "Imom Xumayniy al-Musalla" majmuasida bo‘lib o‘tdi. Marosimda uning o‘g‘illari Mustafo, Maysam va Mas’ud otasining tobuti ortidan janoza namozida ishtirok etgan.

Ayni paytda Eronning amaldagi oliy rahnamosi bo‘lishi mumkinligi aytilgan Mujtabo Xomanaiy marosimda ko‘rinmagan.

Ma’lum qilinishicha, Ali Xomanaiy bilan birga uning oila a’zolari, jumladan, qizi, kuyovi, kelini va 14 oylik nabirasi ham dafn etilgan.

Janoza boshlanishidan oldin shoir Muhammad Rasuli nutq so‘zlagan. U AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan keskin bayonot berib, uni o‘ldirishni "majburiyat" deb atagan.

Muhammad Rasuli yig‘ilganlarga murojaat qilib, "dunyodagi eng yomon odam" nega haligacha tirik ekanini so‘ragan. Uning chiqishi oldindan rejalashtirilgani va maydondagilarning katta qismi bu gaplarni qarsak bilan qarshi olgani aytilmoqda.

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhammad Boqir Zulqadr ham marosimda ikki asosiy shior yangraganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilganlar dushmanlarga qarshi qarshilik va Eron rahnamosining qoni uchun qasos talabini ilgari surgan.

Asosiy janoza namozini Qum shahrilik 97 yoshli oyatulloh Ja’far Subhoniy boshqargan.

Namoz va tilovatlar Ali Xomanaiy bilan birga uning oilasi vakillari, jumladan, kelini Zahro Haddod Odil hamda 14 oylik nabirasi Zahro Muhammadiy Gulpoygoniy ruhiga bag‘ishlangan.

The Guardian manbalariga ko‘ra, Donald Tramp marosim ishtirokchilarining ko‘z yoshlariga shubha bildirgan. U Xomanaiyni mamlakat aholisi yomon ko‘radi, deb o‘ylaganini aytgan va motamdagi yig‘i "soxta" bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Biroq voqea joyida ishlagan jurnalistlar marosim qatnashchilarining qayg‘usi samimiy bo‘lganini qayd etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?