18:49 / 23.01.2025
375

Kreml vakili Tramp tahdidiga qanday javob qaytardi?

Kreml vakili Tramp tahdidiga qanday javob qaytardi?
Foto: reuters.com
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning murojaatiga javob qaytardi.

Avvalroq, Oq uyning yangi rahbari agar Ukrainadagi urushni toʻxtatmasa, Rossiyaga yangi sanktsiyalar bilan tahdid qilgan edi.

Dmitriy Peskov bu bayonotda «hech qanday yangi elementlar yoʻqligini» aytdi.

«Rossiya Qoʻshma Shtatlar bilan teng, oʻzaro hurmatli muloqotga tayyor boʻlib, undan yangi signallarni kutmoqda, biroq, hozircha bu signallar yoʻq. Kreml barcha bayonotlarni diqqat bilan kuzatmoqda va Trampning yangi sanktsiyalar kiritishi haqidagi tahdidlarida biz hech qanday yangi elementlarni koʻrmayapmiz. Tramp oʻzining birinchi prezidentlik davrida sanktsiya usullariga eng koʻp murojaat qilgan va bu usullarni yoqtiradi», dedi Peskov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo