06:00 / 27.01.2025
242

Oʻzbekistonlik hamshiralar uchun Qatarda ishlash imkoniyati yaratiladi

Oʻzbekistonlik hamshiralar uchun Qatarda ishlash imkoniyati yaratiladi
Oʻzbekistonlik tibbiyot xodimlariga endi Qatarda ham ishlash imkoniyati ochilmoqda, deya xabar berdi Mirgatsiya agentligi matbuot xizmati.

Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qatardagi elchixona mas'ullaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Dohada yirik ish beruvchi kompaniya rahbari Muhammad Al-Suvaydiy bilan uchrashdi.

© Migratsiya agentligi
Muloqotda, bugungi kunda Qatarda umumiy hisobda 12 ming hamshira mavjud boʻlsa, shundan atigi 70 nafari qatarliklar, qolgani chet elliklar ekani ta'kidlandi.

© Migratsiya agentligi
Uchrashuvda "Hamad" tibbiyot muassasasi va Migratsiya agentligi oʻrtasida hamkorlikka kelishib olindi. Hamkorlar yiliga 1000 nafar hamshiraga ehtiyoji borligini bildirgan boʻlsa, Oʻzbekiston tomoni mamlakatimizda ish beruvchi talabi asosida maqsadli tayyorlashga barcha sharoitlarni yaratishini ta'kidladi”, deyiladi xabarda.

Qatardagi eng yirik tibbiyot muassasasi "Hamad Medical Corparation" boʻlib, mamlakatda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning 90 foizi ushbu muassasa hissasiga toʻgʻri keladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo