AQSHda bir bo‘limning 14 nafar hamshirasi bir vaqtda homilador bo‘lgan

AQSHda bir bo‘limning 14 nafar hamshirasi bir vaqtda homilador bo‘lgan

2025 yilda AQSHning Viskonsin shtatidagi HSHS St. Vincent Hospital shifoxonasida noodatiy holat kuzatilgan. Muassasaning Women and Infants Center bo‘limida faoliyat yurituvchi 14 nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘lgan.

Qizig‘i, ushbu hamshiralarning barchasi homilador ayollar va chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan bo‘limda ishlagan. Ular kundalik faoliyatida boshqa ayollarga farzandli bo‘lish jarayonida yordam bergan bo‘lsa, o‘sha davrda o‘zlari ham onalikni kutayotgan edi.

Shifoxona mazkur noodatiy holat haqida 2025 yil may oyida ma’lum qilgan. Hamshiralarning homiladorliklari bir-biriga yaqin davrga to‘g‘ri kelgani sababli ular navbatma-navbat tug‘ruq ta’tiliga chiqishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Bo‘limdagi ish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun esa vaqtinchalik xodimlar, ichki flex-guruhlar va boshqa hamshiralar yordamidan foydalanilgan.

Keyinchalik shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, 14 nafar hamshiradan sakkiz nafari farzandli bo‘lgan. Ular orasida to‘rt nafar qiz va to‘rt nafar o‘g‘il dunyoga kelgan.

Shifoxonadagi bu holat 2025 yilning o‘ziga xos «baby boom»i sifatida e’tibor qozongan. Bir bo‘limda ishlaydigan shuncha hamshiraning bir vaqtning o‘zida farzand kutgani esa ularning o‘zlari uchun ham, hamkasblari uchun ham unutilmas voqeaga aylangan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar