11:24 / 01.02.2025
303

Qoʻshma Shtatlarda yana bir samolyot qulab tushdi (foto)

Qoʻshma Shtatlarda yana bir samolyot qulab tushdi (foto)
AQShning Filadelfiya shahrida kichik tez tibbiy yordam samolyoti turar joy binolari ustiga qulab tushdi.

Hodisa samolyot havoga koʻtarilgandan soʻng koʻp oʻtmay sodir boʻlgan. Hududdagi bir nechta uyda samolyot halokatidan soʻng yongʻin yuzaga kelgan. Politsiya halokat joyida qurbonlar borligini aytmoqda.

AQSh Federal Aviatsiya boshqarmasi (FAA) ma'lumotlariga koʻra, samolyot bortida olti kishi boʻlgan.

Samolyot bortida ekipajning toʻrt a'zosi, bir bola (pediatrik bemor) va xizmatchi boʻlgan. Kompaniya ularning ahvoli haqida ma'lumot bera olmasligini aytdi.

«Oila a'zolari xabardor qilinmaguncha ismlar oshkor etilmaydi», deyiladi Jet Rescue Air Ambulance bayonotida.

Samolyot halokati sabablari hozircha e'lon qilinmagan. Fox News xabariga koʻra, halokatga samolyot bortida boʻlgan kislorod balloni sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Bu AQShda bir necha kun ichida ikkinchi aviahalokat. Payshanbaga oʻtar kechasi Vashingtonning Reygan xalqaro aeroporti yaqinida fuqarolik samolyoti va harbiy vertolyot toʻqnashib ketgandi. Samolyot bortida 60 nafar yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj a'zosi, vertolyot bortida esa uch nafar ekipaj a'zosi boʻlgan. Hech kim omon qolmagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo