06:48 / 02.02.2025
77

Venesuela hukumati olti nafar amerikalikni ozod qildi

Venesuela hukumati olti nafar amerikalikni ozod qildi
Foto: Richard Grenell/AFP
AQSh Venesuelada hibsga olingan olti nafar fuqarosini ortga qaytarmoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻi orqali ma'lum qildi, deb yozadi Associated Press.

Trampning maxsus vakili Richard Grenell Karakasga safari yakunlari boʻyicha ozod etilgan amerikaliklar prezident bilan gaplashganini ma'lum qildi.

«Biz allaqachon yoʻlga chiqdik va olti nafar amerikalik bilan uyga otlanmoqdamiz», — deb yozadi Grenell X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga. U samolyot bortida ketayotgan olti kishining suratini e'lon qilgan.

AQSh prezidentining maxsus vakili 31 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokaralar oʻtkazdi. Venesuela TIV ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinganini bildirdi. Muzokaralar oʻzaro hurmat muhitida oʻtgan. Davlat departamentiga koʻra, noqonuniy migrantlarni Venesuealaga qaytarish va Amerika fuqarolarini ozod etish masalasi muhokama qilingan.

Donald Tramp amerikaliklarning ozod etilishidan oldin Jo Bayden ma'muriyatini «Venesueladan million barrel neft» sotib olgani uchun tanqid qilgandi. U «bunday ahmoqlikning takrorlanishiga» yoʻl qoʻymasligini ta'kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo