Foto: Getty Images
Isroilda harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortgan 1,2 ming nafardan ortiq oʻta ortodoksal yahudiylarni hibsga olish uchun orderlar berildi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib Anadolu xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2024 yilda 3 ming nafar ultra-ortodoksal yahudiy yoshlar harbiy xizmatdan boʻyin tovlagan.
Isroil armiyasi Gʻazo sektori va Livandagi harbiy harakatlar sababli qoʻshimcha kuchlarga ehtiyoj sezmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, Isroil armiyasiga yana 10 mingga yaqin askar kerak.
2024 yilning 25 iyun kuni Isroil Oliy sudi bir ovozdan ultra-ortodoksal yahudiy (haredim) yoshlari ham Isroil armiyasida xizmat qilishlari kerakligi toʻgʻrisida qaror chiqargan.
Shuningdek, noyabr oyida Isroil harbiylari Gʻazo va Livanda davom etayotgan urush sababli ultra-ortodoksal yahudiylarga harbiy xizmatga chaqiruv joʻnatgani haqida xabar berildi. Oliy sud yahudiy seminariyasi talabalari harbiy xizmatdan ozod qilinmaydi, degan qarorga kelgan edi. Ularga bu imtiyozni beruvchi qonun 1948 yilda qabul qilingan, oʻshanda ultra-ortodoksal yahudiylar ozchilikni tashkil etgan. Biroq diniy hamjamiyat rahbarlari yangi tashabbusga norozilik bildirgan.
Reuters agentligining Isroil Mudofaa vazirligiga tayanib yozishicha, konservativ hamjamiyatning 7000 nafar a'zosiga bosqichma-bosqich chaqiruv qogʻozlari yuboriladi. Ular diniy turmush tarzini saqlab qolishi uchun jamoa etakchilari bilan hamkorlik qiladi.
Isroil aholisining taxminan 12 foizini tashkil etuvchi haredimlar an'anaviy ravishda oʻz hayotlarini diniy muassasalarda Tavrotni oʻrganishga bagʻishlaydilar va harbiy xizmatdan qochadilar. Isroil qonunchiligiga koʻra esa, 18 yoshga toʻlgan shaxslar majburiy tartibda armiyaga chaqiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar