The Wall Street Journal nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Kongressdan Isroilga 1 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatishni ma'qullashni soʻramoqda.
Ma'lumotlarga koʻra, yordam paketi tarkibiga 700 million dollarlik, ogʻirligi 450 kilogramm boʻlgan 4,7 mingta bomba va Caterpillar kompaniyasining 300 million dollarlik zirhli buldozerlari kirishi mumkin. Bundan avval Isroil hukumati bu buldozerlarni falastinliklarning uylarini buzishda ishlatgan.
AQSh qonunchiligiga koʻra, qurol savdosi bilan bogʻliq bitimlar muayyan summadan oshib ketgan taqdirda, Kongressning ma'qullashi talab etiladi. Bunday hollarda, Davlat departamenti shartnoma boʻyicha ma'lumotni Vakillar palatasi va Senatning tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitalariga taqdim etishi va ularning roziligini olishi kerak.
2 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rasmiy tashrif bilan AQShga keldi. Uning prezident Tramp bilan uchrashuvi 4 fevral kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Isroil bosh vazirining matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Netanyaxu – Tramp ikkinchi prezidentlik muddatini boshlaganidan soʻng Vashingtonga taklif qilingan birinchi xorijiy etakchi hisoblanadi.
Shuningdek, 3 fevral kuni Netanyaxu AQShning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan HAMAS bilan kelishuv borasida muzokaralar oʻtkazgan. Axios manbalariga koʻra, Isroil bosh vaziri Tramp bilan uchrashuv chogʻida oʻt ochishni toʻxtatish jarayonining birinchi bosqichi yakunlanganidan soʻng HAMASga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirish uchun Vashingtondan qoʻllab-quvvatlash olishni maqsad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar