15:07 / 04.02.2025
45

Turkiya Suriyada harbiy bazalar qurishni rejalashtirmoqda

Turkiya Suriyada harbiy bazalar qurishni rejalashtirmoqda
Turkiya va Suriya oʻrtasida harbiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Anqara Suriyada ikki harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning hukumatga yaqin nashrlari xabar berishicha, ushbu bitim doirasida harbiy aerodromlar barpo etilib, ularda 50 ta F-16 qiruvchi samolyoti joylashtirilishi mumkin.

Turkiyalik harbiy instruktorlar Suriya armiyasi va uchuvchilari uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Turkiya Damashqka xavfsizlikni ta'minlashda yordam berish va kutilmagan tahdidlarga tezkor javob qaytarish majburiyatini olgan.

Suriya hukumati oʻz hududiy yaxlitligini mustahkamlash maqsadida Turkiyadan Isroil bilan chegarani nazorat qilish uchun dron, radar va elektron urush tizimlari taqdim etishni soʻragani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Isroil Joʻlon tepaliklarida bufer zona yaratish maqsadida oʻz harbiy bazalarini qurishni davom ettirmoqda.

Turkiya va Suriya oʻrtasidagi ushbu kelishuv mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgani ta'kidlanmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo