Gʻarb va arab ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Qohira Gʻazo sektori aholisini koʻchirish boʻyicha AQShga oʻzining alternativ rejasini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Misr prezidenti Donald Trampning Gʻazo aholisini anklavdan tashqariga koʻchirish va hududni sayyohlik maskaniga aylantirish taklifiga qat'iy qarshi ekanini bildirgan. Qohira bunday harakat Isroil bilan 1979 yilda imzolangan tinchlik shartnomasiga zarar etkazishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Qochqinlar xavfi va Misrning pozitsiyasi
Misr hukumati HAMAS a'zolarining mamlakat hududiga kirib kelish ehtimolidan xavotirda. Chunki bu Sinay yarim orolini Isroilga qarshi yangi mojarolar uchun harbiy tayanch nuqtasiga aylantirishi mumkin.
AP manbalariga koʻra, Misr Gʻazo aholisining tarqalib ketishining oldini olish uchun diplomatik kampaniya boshlagan. Qohira Tramp ma'muriyatiga bu tashabbus Misr-Isroil tinchlik kelishuviga putur etkazishi mumkinligini ma'lum qilgan. Bu borada Pentagon, Davlat departamenti va Kongressga maxsus maktublar yuborilgan. Shuningdek, Isroil hukumati va Buyuk Britaniya, Fransiya hamda Germaniya kabi Gʻarb davlatlariga ham shunga oʻxshash signal berilgan.
Misrda siyosiy xavotirlar va xalqaro bosim
Qatar’ning The Middle East Eye nashri ma'lumotlariga koʻra, Trampning Gʻazo boʻyicha taklifi Misr rasmiylarini hayratga solgan. Hatto ayrim rasmiylar bunday reja mamlakat ichida siyosiy beqarorlik va hatto ehtimoliy toʻntarish xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ochiq gapira boshlagan.
2023 yil 7 oktyabrda Isroil va HAMAS oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar boshlangan paytdayoq Qohiraga Gʻazo qochqinlarini qabul qilish taklifi berilgan edi. Ammo bu masala ochiq muhokama qilinmagan.
Buning fonida Al-Araby Al-Jadeed portali ma'lumotlariga koʻra, AQSh hozirda Misrga kuchli diplomatik bosim oʻtkazmoqda. Manbalarning fikricha, Misr rahbariyati mintaqa boʻyicha nufuzli oʻyinchilarning qoʻllab-quvvatlashi boʻlmasdan, Trampning tashabbusiga qarshi turishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar