![Yaponiya bosh vaziri Trampga samuraylarning oltin dubulgʻasini sovgʻa qildi](/uploads/posts/2025-02/0075512527_pmjbuzpx2ob8jo7xeyvy2hlk_geszfjy.webp)
Foto: Getty Images
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba AQSh prezidenti Donald Trampga samuraylarning oltindan yasalgan dubulgʻasi — kabuto sovgʻa qildi, deb xabar beradi Kyodo News.
Qayd etilishicha, mazkur dubulgʻa Yaponiya gʻarbidagi Tottori prefekturasida faoliyat yurituvchi Ningyouno Hanafusa Co. kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Ikki etakchining uchrashuvi oʻtgan juma kuni Vashingtonda boʻlib oʻtgandi.
Agentlik manbasiga koʻra, bosh vazir Isibada sovgʻa gʻoyasi amerikaliklar tomonidan suratga olingan «Syogun» seriali erishgan mashhurlik sabab paydo boʻlgan. Shuningdek, AQSh prezidentiga oltin rangi yoqishi ham ma'lum. 2016 yilda Vashingtonga tashrif buyurgan Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Trampga oltindan ishlangan golf klyushkasini sovgʻa qilgandi.
Dubulgʻani tayyorlagan kompaniya ma'lumotlariga koʻra, samuraylar bosh kiyimining eni 57 santimetr, balandligi 81 santimetr va chuqurligi 48 santimetrni tashkil etadi. Uning narxi — 168 ming iyena (1100 dollar). Firmaga samuraylar bosh kiyimini tayyorlash buyurtmasini oʻtgan yilning noyabrida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bergan. Ammo ular kabuto chet ellik VIP-shaxsga sovgʻa qilinishini bilgan xolos.
Yaponiya bosh vaziri Donald Tramp bilan uchrashish uchun AQShga kelgan ikkinchi chet el davlati rahbari boʻldi. Birinchi boʻlib Vashingtonda Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyahu tashrif buyurgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar