06:50 / 13.02.2025
266

AQSh senatori: Gʻazo milliarder sayyohlar uchun emas, balki Falastin xalqi uchun

AQSh senatori: Gʻazo milliarder sayyohlar uchun emas, balki Falastin xalqi uchun
AQSh senatori Berni Sanders prezident Donald Trampning Gʻazo haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Gʻazo milliarder sayyohlar uchun emas, balki Falastin xalqi uchun tiklanishi kerak.

Sanders dushanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi postida Trampning Gʻazo haqidagi soʻzlarini tanqid qildi. Uning ta'kidlashicha, Gʻazo mojarosi 47 mingdan ortiq falastinlikni oʻldirgan va 111 mingdan ortiq kishini jarohatlagan.

Senatorning fikricha, Tramp "Gʻazoning kelajakdagi koʻchmas mulk sifatida rivojlanishi uchun falastinliklarni majburan chiqarib yuborish" niyatida. U buni keskin qoralab, Gʻazo faqat falastinliklar uchun tiklanishi kerakligini ta'kidladi.

Tramp 25 yanvardan buyon falastinliklarni Gʻazodan qoʻshni davlatlarga – Misr va Iordaniyaga deportatsiya qilish rejasini faol ravishda taklif qilib kelmoqda. Biroq bu davlatlar uning taklifini rad etgan. Ularning pozitsiyasini boshqa arab davlatlari mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar ham qoʻllab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo