07:44 / 17.02.2025
1 404

AQSh Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan ittifoqini buzmoqchi

AQSh Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan ittifoqini buzmoqchi
Foto: Global Look Press
AQSh Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan «ittifoqini buzmoqchi». Bu haqda Amerika prezidentining Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog Myunxendagi konferentsiya vaqtida ma'lum qildi, deb xabar beradi CNN.

Kellogning ta'kidlashicha, bir necha yil oldin bu kabi ittifoqlar boʻlmagan. «Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning ittifoqlarini buzish ustida ish olib boradi», — deydi u.

AQSh bunday ittifoqlarni buzish orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni oʻzi uchun «noqulay» harakatlarni qilishga majburlash umidida.

Eron va Rossiya yanvar oʻrtalarida keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan edi. Unga koʻra, «tomonlardan biri agressiyaga uchrasa, boshqa tomon harbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻladi».

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy etakchisi Si Jinping ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirish masalalari haqida kelishib olgan. XXR etakchisi ikki mamlakat munosabatlarini «etalon» deb atagan. Putin esa Xitoy bilan munosabatlarini dunyodagi asosiy barqarorlashtiruvchi omillardan biri deya ta'kidlagan.

4 dekabrda Rossiya va KXDR oʻrtasida keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasi kuchga kirdi. Tomonlar uni iyun oyida imzolagan edi, shartnoma muddatsiz davrga tuzilgan. Hujjatda mudofaa, iqtisodiyot, ilm-fan va energetika hamkorligi, shuningdek, oʻzaro harbiy yordam koʻrsatish masalalari koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo