11:19 / 18.02.2025
409

Davlat departamenti: Ar-Riyoddagi uchrashuv bu - Ukraina boʻyicha muzokaralar emas

Davlat departamenti: Ar-Riyoddagi uchrashuv bu - Ukraina boʻyicha muzokaralar emas
Foto: Lukas Coch/IMAGO
AQSh ma'muriyati Rossiya delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi uchrashuvni Ukraina boʻyicha «muzokaralar»ning boshlanishi sifatida emas, balki prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi telefon suhbatining davomi sifatida baholamoqda, dedi 17 fevral, dushanba kuni AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus. «Menimcha, odamlar buni tafsilotlarga yoki muzokaralarga taalluqli narsa sifatida koʻrmasligi kerak», — deya Bryusning soʻzlarini keltiradi AFP.

Avvalroq Rossiya delegatsiyasi a'zosi, Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ham xuddi shunday fikrda gapirgan edi. Unga koʻra, Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSh delegatsiyalari Ukraina boʻyicha muzokaralarni qanday boshlashni muhokama qiladi. «Endi savol Ukraina boʻyicha muzokaralarni qanday boshlash boʻyicha kelishib olishda, chunki Amerika tomoni hali biz bilan ish olib borishi mumkin boʻlgan bosh muzokarachini tayinlagani yoʻq», deb tushuntirdi Ushakov.

«Munosabatlarni normallashtirish masalalarini muhokama qilish, Ukrainada ehtimoliy muzokaralarni boshlash masalalarini muhokama qilish va eng yuqori darajadagi aloqalar istiqbollarini muhokama qilish bu — uchta vazifa», dedi Ushakov.

18 fevraldagi muzokaralarda Ushakovdan tashqari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etadi. Muloqotga Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev ham qoʻshilishi mumkin, deb yozadi TASS. Amerika delegatsiyasi tarkibiga davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uolts va Yaqin Sharq boʻyicha maxsus elchi Stiv Uitkoff kiradi.

Ukraina AQSh-Rossiya muzokaralarida qatnashmayapti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistonidagi Ukraina vakillari AQSh va Rossiya delegatsiyalarining uchrashuvida ishtirok etmasligini tasdiqladi. Bir kun avval Ukraina hukumati delegatsiyasi Zelenskiyning tashrifiga tayyorgarlik koʻrish uchun Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan kelgan edi.

Oʻz navbatida Evropa mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari Ukraina boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish uchun Parijda uchrashdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi Evropa shu tariqa oʻz harakatlarini muvofiqlashtirayotganini va shundan soʻng Ukrainadagi mojaroni hal qilishda yagona yondashuvni qoʻllashini tushuntirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo