
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan Oval kabinetdagi janjaldan keyin ular bilan muloqot qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda CBS NEWS media kompaniyasi jurnalisti ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, emotsional tafovutdan so‘ng Ukraina rasmiylari AQSH ma’muriyatini muzokaralarni davom ettirishga ishontirishga uringan, biroq ularning urinishlari natija bermagan.
Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv 28 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv biznes masalalarini muhokama qilish bilan boshlangan bo‘lsa-da, Ukraina rahbarining qarama-qarshi xatti-harakati tufayli u oxir-oqibat janjalga aylanib ketdi.
Fox News xabariga ko‘ra, Tramp Zelenskiydan Oq uyni tark etishni so‘ragan, chunki suhbat davomida o‘zini hurmatsizdek his qilgan. Ukraina rahbari kutilganidan erta ketishiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Vashington va Kiyev o‘rtasida nodir yer metallari bo‘yicha rejalashtirilgan shartnomani imzolash ham bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar