JSST: 2050-yilda 2,5 milliard yosh eshitish qobiliyatidan ayrilishi mumkin

1 daqiqa o'qish729
JSST: 2050-yilda 2,5 milliard yosh eshitish qobiliyatidan ayrilishi mumkin
Dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq yoshlar musiqani xavfli tarzda tinglash natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida, deb xabar berdi TASS JSSTning Rossiyadagi vakili Batir Berdikliçev so‘zlariga tayanib.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, 2050-yilda 2,5 milliardga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatining turli darajada yo‘qolishidan aziyat chekadi. Shuningdek, yana 700 million kishi eshitish qobiliyati buzilishidan kelib chiqadigan muammolar sababli reabilitatsiyaga muhtoj bo‘ladi. Bugungi kunda dunyo aholisining taxminan 5% eshitish yo‘qolishidan aziyat chekib, nogironlik darajasiga yetgan.

Bolalar orasida eshitish muammolarining 60% holatda oldini olish mumkin, bu esa kelajakda kar-soqovlikning oldini olish uchun katta imkoniyat yaratadi. JSST vakili 60% dan ortiq eshitish kasalliklarini dastlabki bosqichda davolash mumkinligini qayd etib, tibbiy xizmatlarning qulayligini oshirish muhimligini ta’kidladi.

Manba: Nova24.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?