Moskva Tramp tashabbuslarini buzishda Kiyevni aybladi

1 daqiqa o'qish645
Moskva Tramp tashabbuslarini buzishda Kiyevni aybladi
Rossiya Mudofaa vazirligi 21 mart kuni Ukraina Qurolli Kuchlarini Kursk viloyatidagi “Sudzha” gaz o‘lchash stansiyasini portlatishda aybladi. Bu harakat, Moskva bayonotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik tashabbuslarini “disko‘reditatsiya qilishga” qaratilgan provokatsiya bo‘lgan.

Ushbu stansiya 7 avgustdan buyon Ukraina nazoratida bo‘lib, kuniga 40 million kub metr gaz Yevropaga tranzit qilinardi. Rossiyaga ko‘ra, ushbu zarba ikki davlat o‘rtasidagi energiya bo‘yicha tinchlik sa’y-harakatlarini yo‘qqa chiqarishga qaratilgan.

Shu kuni Rossiya 43 ta ukrain droni yo‘q qilinganini ham e'lon qildi. Eng ko‘p hujumlar Volgograd viloyatida, qolganlari esa Kursk, Rostov va Belgorod hududlarida qayd etilgan.

Ukraina Bosh shtabi bu da’volarni inkor etdi. Ularning fikricha, bu navbatdagi “axborot hujumi” bo‘lib, “Sudzha” stansiyasiga oldin ham Rossiyaning o‘zi zarba bergan. Shuningdek, ular tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini ta’kidlashgan.

Tramp va Putin 18 mart kuni telefon orqali bog‘lanib, 30 kunlik o‘zaro hujumlardan voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Zelenskiy ham bu tashabbusni ma’qullagan, biroq keyin tomonlar bir-birini shartlarni buzishda ayblashgan.

Manba: Tengrinews.kz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?