00:35 / 23.03.2025
22 759

Jorjina Rodriges: “Do‘stlarim doim to‘y qachon, deb so‘rashadi”

Jorjina Rodriges: “Do‘stlarim doim to‘y qachon, deb so‘rashadi”
Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan 2016 yildan beri yaqin munosabatda bo‘lib keladi. Lekin ular hozirgacha rasmiy tarzda turmush qurmagan. Jorjina “Men – Jorjina” realiti-shousida portugaliyalik futbolchi bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda Yahoo nashri xabar bermoqda.

Foto: Yahoo
U do‘stlari doim “to‘y qachon” deb hazillashib turishi haqida aytdi:

"Do‘stlarim har doim to‘y haqida hazillashib, “Qachon to‘y?” deb so‘rashadi. Ular Jennifer Lopesning “Ring” qo‘shig‘i chiqqanidan beri uni menga atab kuylashadi (qo‘shiqda “Uzuk qani?” degan so‘zlar bor). Lekin bu faqat menga bog‘liq emas", dedi Rodriges.

Krishtianu Ronaldu esa bu borada quyidagicha izoh berdi:

"Men har doim unga biz qachondir turmush quramiz, deb aytaman. Faqat o‘sha vaqt kelishini kutish kerak. U nimani nazarda tutayotganimni yaxshi biladi. Bu bir yildan keyin ham, yarim yildan keyin ham, bir oy ichida ham bo‘lishi mumkin. Ammo men 100 foiz aminmanki, bu kun, albatta, keladi".

2018 yilda futbolchi Jorjinaga turmush qurish taklifini bildirgan, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra bu amalga oshmay qolgan.

Ma’lumot uchun, bu juflikning 2 nafar farzandi bor — Alana Martina (2017 yilda tug‘ilgan) va Bella Esmeralda (2022 yilda tug‘ilgan). 2022 yilda Jorjina egizak farzand kutayotgan edi, ammo ulardan biri tug‘ilganidan keyin vafot etgan.

Bundan tashqari, Ronalduning Jorjina bilan tanishishidan oldin dunyoga kelgan farzandlari ham bor. 2010 yilda tug‘ilgan Krishtianu Ronaldu Jr va 2017 yilda surrogat ona orqali tug‘ilgan egizaklar — Eva hamda Mateo.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo