Fransiyada ikkita samolyot havoda to‘qnashib portlab ketdi (video)

Foto: France Blue
Fransiya sharqidagi Sen-Dize aviabazasi hududida Patrouille de France guruhi tarkibiga kiruvchi ikkita Alpha Jet samolyoti bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi mamlakat Harbiy-kosmik kuchlari.
Fransiya qurolli kuchlar vaziri Sebasten Lekornyuning ma’lum qilishicha, samolyotlar mashg‘ulot vaqtida to‘qnashgan. Har ikki samolyotning uchuvchilari va havo kemalarining birida bo‘lgan yo‘lovchi katapultadan foydalanishga ulgurgan — ular yengil jarohat olgan.
Guvohlar samolyotlar to‘qnashuvini videoga olishga ulgurib qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlardan biri o‘rmonga, ikkinchisi mahalliy sement zavodi hududiga qulab tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, korxona hududida yong‘in chiqqan va u tezda o‘chirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Fransiya sharqidagi Sen-Dize aviabazasi hududida Patrouille de France guruhi tarkibiga kiruvchi ikkita Alpha Jet samolyoti bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi mamlakat Harbiy-kosmik kuchlari.
Fransiya qurolli kuchlar vaziri Sebasten Lekornyuning ma’lum qilishicha, samolyotlar mashg‘ulot vaqtida to‘qnashgan. Har ikki samolyotning uchuvchilari va havo kemalarining birida bo‘lgan yo‘lovchi katapultadan foydalanishga ulgurgan — ular yengil jarohat olgan.
Guvohlar samolyotlar to‘qnashuvini videoga olishga ulgurib qolgan.
Deux avions de la patrouille de France se sont crashés non loin de Saint-Dizier. Les pilotes ont eu les temps de s’éjecter apparemment @afpfr #avion #crash #patrouilledefrance #saintdizier #villiersenlieu @AlertesInfos pic.twitter.com/yFgjhRip5M
— ludovic barbier (@ludovicbarbier5) March 25, 2025
Deux Alpha Jet de la Patrouille de France sont "entrés a priori en collision" près de la base aérienne 113 de Saint-Dizier, a déclaré l'Armée de l'Air et de l'Espace à l'AFP, précisant que trois personnes ont été "retrouvées conscientes" #AFPVertical⤵️ pic.twitter.com/FdkbzdX5re
— Agence France-Presse (@afpfr) March 25, 2025
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlardan biri o‘rmonga, ikkinchisi mahalliy sement zavodi hududiga qulab tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, korxona hududida yong‘in chiqqan va u tezda o‘chirilgan.





























Izohlar 0
…